"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUKda navbatdagi o‘quv soati o‘tkazildi

Joriy yilning 23-oktabr kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparat bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun ZOOM ilovasi orqali huquqiy o‘quv soati tashkil etildi.

 

 

O‘quv soatida, Monopoliyaga qarshi komplayens bo‘yicha yetakchi mutaxassis V.L.Guseinov so‘zga chiqib, 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaviy jinoyatlarga qarshi kurash haqida tingchlovchilarga batafsil ma’lumotlar berdi.

 

2024-yilda O‘zbekistonda korrupsion jinoyatlari uchun 7354 kishi jazolandi, bu o‘tgan yilga nisbatan 12,5% ko‘p. Korrupsiyadan zarar ikki baravar oshdi - 2,8 trln so‘m. Sudlanganlar va zararlar soni bo‘yicha Andijon viloyati yetakchi. Eng ko‘p sudlanganlar ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalaridan bo‘ldi.

O‘zbekistonda 2024-yilda korrupsiyaga oid jinoyatlar soni va davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori oshgani aniqlandi. Bu ma’lumot 2025-yil 16-sentyabrda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy ma’ruzada qayd etilgan.

 

O‘tgan yili korrupsiya bilan bog‘liq 4649 ta jinoyat uchun
7354 nafar shaxs javobgarlikka tortilgan. Sudlanganlar soni 2023-yilga (6535) nisbatan 12,5%, bunday jinoyatlar soni esa 12,6% (4128) oshgan.  

Korrupsiyadan davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar 2,81 trln so‘m (2023-yilda-1,4 trln so‘m, 2022-yilda - 2,04 trln so‘m miqdorida baholanmoqda).

Eng katta zarar ushbu hududlarga to‘g‘ri keldi: Andijon viloyati - 680 mlrd so‘m (243 mlrd edi), Toshkent shahri - 332 mlrd so‘m  (132 mlrd edi), Namangan - 308 mlrd so‘m (194 mlrd edi) va Sirdaryo viloyati - 289 mlrd so‘m.

2023-yildagi pasayishdan so‘ng, o‘tgan yili korrupsion jinoyatlarning aksariyat toifalarida o‘sish kuzatildi:

o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish - 3587 dan 4189 taga ko‘paydi (+16,8%),

firibgarlik — 935 dan 1191 ga (+27,4%),

pora olish — 142 dan 187 ga (+31,7%),

pora berish — 1009 dan 1086 ga (+7,6%),

mansab soxtakorligi — 101 dan 106 gacha (+4,9%),

hokimiyat yoki mansab vakolatni suiiste’mol qilish — 200 dan 188 taga kamaydi (-6%)

2024-yilda ishga joylashish bilan bog‘liq 123 ta, bank kreditlari berish bilan bog‘liq 292 ta, budjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq 640 ta holat aniqlangan.

Hududlar bo‘yicha eng ko‘p korrupsion jinoyatlar:

Andijon viloyati 882, Samarqand viloyati  643, Samarqand viloyati  643, Toshkent viloyati 697, Qashqadaryo viloyati  695.

Aksariyat hududlarda sudlanganlar sonining o‘sishi qayd etilgan. Bu o‘sish, ayniqsa, Samarqand viloyati (+73%), Qoraqalpog‘iston (+52%) va Toshkent shahrida (+31%) sezilarli bo‘ldi. Qashqadaryo (-14,5%), Andijon (-9,2%) va Farg‘ona viloyatlarida (-2,5%) pasayish kuzatildi.

Korrupsion jinoyatlari uchun sudlanganlar soni ta’lim
(474 tadan 654 taga) va sog‘liqni saqlash (299 tadan 342 taga) sohalarida ko‘paydi. Taqqoslash uchun, sudlangan bankirlar soni 323 tadan 271 taga, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlari soni esa 250 tadan 106 taga kamaygan.

O‘zbekiston Transparency International tashkilotining 2024-yilgi korrupsiyani qabul qilish indeksida 180 mamlakat orasida 121-o‘rinni egallab, 2023-yilgi reytingidan bir pog‘ona pastlagandi haqida o ‘quv soati tinchlovchilariga ma’lumot berdi.

Shuningdek, V.L.Guseinov so‘zi davomida, “EMMM” DUKda Raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi xavfini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining amalga oshirilishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ma’lumotlar berdi.

Unda, “EMMM” DUKda 2025-yil 3-chorakda raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish xavfini kamaytirish chora-tadbirlari dasturining bajarilishi to‘g‘risida.

Raqobat to‘g‘risidagi, “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi” hamda “Davlat xaridlari to‘g‘risidagi” qonunlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 2-martdagi 114-son qaroriga muvofiq, “EMMM” DUK tomonidan 2025-yil uchun raqobat va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qonunchiligini buzish xavfini kamaytirish bo‘yicha Tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan va rahbariyatning 2025-yil 25-fevraldagi 7-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.

2025-yil 3-chorak yakunlari bo‘yicha Dastur ijrosi tahlili shuni ko‘rsatdiki, avvalgi choraklarda o‘tkazilgan antimonopol chora-tadbirlar tahlili natijalari bilan taqqoslaganda,  “EMMM” DUK markaziy apparati va hududiy bo‘limlarida dastur ijrosini ta’minlashda ayrim kamchiliklar saqlanib qolmoqda.

Umuman olganda, xizmatlar o‘z faoliyati natijalarini tahlil qilgan holda, belgilangan topshiriqlarni bajarish bo‘yicha tegishli xulosalar chiqargan, ammo ba’zi rahbarlar tomonidan Dasturda belgilangan antimonopol tadbirlarni bajarishga ruxsatsiz, rasmiyatchilik ruhida munosabat saqlanib qolmoqda, ayniqsa texnik o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish masalasida.

Xususan, ijobiy tomondan, Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish va hisobga olish xizmati, Ish yuritishni boshqarish va ijro intizomini nazorat qilish xizmati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlari EMMX rahbarlari tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilganligi qayd etiladi. Biroq ayrim bo‘limlarda hali ham Dasturda belgilangan topshiriqlarni sifatli bajarishga ta’sir etuvchi kamchiliklar mavjud.

Jumladan:

 1. Texnik o‘quv mashg‘ulotlari rejasi dastur talablariga muvofiq, bugungi kunga qadar Buxoro va Jizzax viloyatlari EMMXda to‘liq amalga oshirilmagan, garchi bu masalaga 1–2-chorak yakunlarida ham e’tibor qaratilgan bo‘lsa ham.

 2. Doimiy asosda o‘tkaziladigan monopoliyaga qarshi kurash dastur doirasidagi texnik mashg‘ulotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Surxondaryo, Namangan, Farg‘ona va Buxoro viloyatlarida 5–7 ta mashg‘ulotdan iborat tarzda bayonnomalar bilan rasmiylashtirilib o‘tkazilgan.

Ammo Xorazm va Samarqand viloyatlaridagi EMMX rahbarlari chorak davomida atigi 1–2 ta mashg‘ulot o‘tkazgan bo‘lib, bu ishlab chiqarish faoliyatining o‘ziga xosligi hamda xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish zaruratini inobatga olgan holda yetarlisiz deb baholanadi.

Shuningdek, ayrim joylarda o‘quv mashg‘ulotlarini rasmiyatchilik bilan o‘tkazish va protokollarni shaklan tuzish holatlari hali ham uchramoqda. Bu esa rahbarlarning e’tiborini 1–2-chorak natijalari bo‘yicha qayta qaratishni talab etadi.

Shu yil davomida o‘tkazilgan mashg‘ulotlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, ayrim hollarda mashg‘ulot mavzusi soddalashtirilgan holda yozilgan, o‘quv mashg‘ulotining maqsadi ko‘rsatilmagan yoki mazmuni juda qisqacha bayon etilgan, ba’zi joylarda esa butunlay yo‘q.

Bu esa mas’ul xodimlar tomonidan texnik o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazishga yetarlicha mas’uliyat bilan yondashilmayotganini, shuningdek, Farg‘ona, Surxondaryo, Samarqand va Buxoro viloyatlari EMMXlardagi rahbarlari tomonidan nazoratning sustligini ko‘rsatadi.

Shuningdek, raqobatni buzish holatlari va iste’molchilar huquqlarini cheklashga olib keluvchi huquqbuzarliklarning oldini olish, shuningdek “EMMM” DUK tomonidan qabul qilingan hujjatlar va normativ-huquqiy aktlarning to‘liq va sifatli ijrosini ta’minlash uchun, xodimlarning arizalarni o‘z vaqtida va qonuniy tartibda ko‘rib chiqish, shuningdek xizmatlar sifatini oshirishga doir bilimlarini kuchaytirish maqsadida muntazam o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish zarur.

Mashg‘ulotlar bayonnomalarda esa dars mavzusi, maqsadi, o‘rganilgan masalalar mazmuni aniq va batafsil bayon etilishi shart.

Shu nuqtai nazardan, 2025-yil yakunlari bo‘yicha monopoliyaga qarshi muvofiqlik dastur natijalari Raqobat qo‘mitasiga hisobot tarzida yuboriladi, bu esa rahbarlar va mas’ul xodimlardan ushbu yo‘nalishga yanada mas’uliyatli yondashuvni talab etishi haqida aniq ma’lumot berdi.

 

Shuningdek, Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish va hisobga olish xizmati yetakchi muhandisi M.V. Zaytseva so‘zga chiqib, “Butunjahon radioaloqa konferensiyasi – 2023” (WRC-23) yakunlariga bag‘ishlangan ma’ruza bilan chiqish qildi.

 

Ma’ruzada u konferensiya doirasida ko‘rib chiqilgan asosiy masalalar, jumladan, radiochastota spektridan samarali foydalanish, yangi avlod aloqa texnologiyalarini joriy etish, sun’iy yo‘ldosh tizimlarini tartibga solish va xalqaro radioaloqa xizmatlarida muvofiqlashtirish jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, Butunjahon radioaloqa konferensiyasi natijalari mamlakatimizda radiochastotalar siyosatini shakllantirish, milliy radioaloqa tarmoqlarining rivojlanishi hamda xalqaro tajriba asosida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

U, shuningdek, konferensiya davomida O‘zbekiston vakillari tomonidan ilgari surilgan takliflar, ularning xalqaro hamjamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan hamkorlik ishlari haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

 Ma’ruzachi yig‘ilish qatnashchilarining savollariga javoblar berib o‘tdi.

Faylni tanlang