15.01.25
O‘zbekiston Prezidenti BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi doirasida 15-yanvar kuni Dubay shahrida BAA Vitse-prezidenti, Bosh vaziri Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum bilan muzokara o‘tkazdi.
Uchrashuvda bugun bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar samarali bo‘lgani hamda O‘zbekiston-BAA munosabatla...
27.12.24
Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish rejalari ko‘rib chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni sun’iy intellekt texnologiyalarini hamda telekommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha rejalar taqdimoti bilan tanishdi.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida mamlakatimizni mintaqaviy “IT-HUB”ga aylantirish vazifasi belgilangan. Shu maqsad yo‘lida raqamli texnologiyalar bosqichma-bosqich rivojlantirib...
20.12.24
“Kosmik faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi
Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida “Kosmik faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.
Qonunda kosmik faoliyatga oid asosiy tushunchalar va prinsiplar, faoliyatni amalga oshirishning maqsadlari, kosmik faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari nazarda tutilgan.
Qonun bilan Vazirlar Mahkamasi, Raqamli texnolo...
19.12.24
“O‘zbekkosmos” 2 mingga yaqin noqonuniy chiqindixonalarni aniqladi
Joriy yilning bugungi kuniga qadar agentlik tomonidan ekologiya yo‘nalishida olib borilgan kosmik monitoring natijalariga ko‘ra, Respublikaning qariyb 721 gektar maydonida 1 ming 928 ta noqonuniy chiqindixona mavjud yekanligi aniqlandi. Ulardan 123 tasi ya’ni 255,5 gektari chiqindi saqlash poligonlari chegarasidan tashqariga chiqish, 1 805 tasi 4...
13.12.24
Ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirishga doir yangi tashabbuslar bildirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-dekabr kuni ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston – ijtimoiy davlat. Konstitutsiyamizda mustahkamlangan ushbu tamoyil asosida mehr va ko‘mak tizimi aholiga yaqinlashtirilmoqda. Barcha hu...